1. 1. Mayli, ko‘ngli bor, ko‘ngil qo‘ygan.
Ilmga moyil odam.
▬
Qo‘shnisi qishloqdagi bir dehqonning Nurjamol ismli qizini yaxshi ko‘rarkan. Qiz ham unga moyil ekan.
M. Xayrullayev, Ko‘ngil
Ammo yoshlar odam zotin ayirmas. Ko‘ngil moyil bo‘lsa — shuning o‘zi bas!
M. Ikrom, Ko‘ngil guli
2. 2. Yaqinlashib boruvchi, yaqin.
Olti-yetti yoshlar chamasi do‘ndiqqina, oqqa moyil yuzchasi isiqqina bu jajji qiz qo‘g‘irchoqqa o‘xshar edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Berdiyorning bo‘yi ham novcha, o‘zi sariqqa moyil.
Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Ra’no tabassumga moyil jodu ko‘zlari bilan Anvarga ohista bosh ko‘tarib qaradi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Yer bag‘irlab turgan imoratlar ko‘ngilda g‘ashlikka moyil bir his uyg‘otadi.
E. Usmonov, Yolqin
3. 3. Biror narsa ta’siriga beriluvchan, yaqin.
Bo‘rijarning shahar chekkalaridagi sohillari eroziyaga moyil bo‘lib turibdi.
Gazetadan
Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.
Gazetadan
4. 4.