Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {moy}
So‘z bo‘g‘inlari: moy
Izoh(lar)i:
moy ot

1. 1. Chorva mollari va ba’zi jonivorlar to‘qimalarida bo‘ladigan, tarkibida yog‘ bo‘ladigan narsa. Bir qumaloq bir qorin moyni chiritar. Maqol
Echkiga jon qayg‘u, qassobgamoy qayg‘u. Maqol
Quyonning moyi qo‘y va qoramol moyiga nisbatan tez eriydi. Fan va turmush

2. 2. Shunday narsadan va ba’zi o‘simliklarning urug‘i, guli va mevasidan olinadigan, suvda erimaydigan modda; yog‘. Hayvonot moylaridan tayyorlangan yog‘ mahsulotlari ham yaxshi dog‘lashni talab etadi. Gazetadan
Yong‘oqning tarkibida moy, oqsil moddalari behisob. J. Abdullaxonov, Oriyat
soyadan yaxshi hosil olishimiz, oziq-ovqat sanoati uchun soya moyi ishlab chiqarishimiz mumkin. Gazetadan
Inson gullardan efir va sanoat moyi va dorivor olishga ham o‘rgangan. Gazetadan

3. 3. Yumshatish, harakatni ravonlashtirish, pardoz va boshqalar maqsadlarda ishlatiluv-chi moddalarning umumiy nomi. Korjomasi va qo‘llarigacha moy bo‘lganidan, bilagini tutib so‘rashdi. R. Fayziy, Asad libosi
Mullajon amaki haligi kishining yuziga suqma moy surtdilar-da, hafsala bilan ishqaladilar. E. Raimov, Ajab qishloq
moy surtmasang, aravaning o‘qi ham g‘irchillaydi. Mushtum

4. s.t. kam. qo‘ll. ll. Bo‘yoq. Politsiya eshigi berk: yashil moy bilan sirlangan yog‘och panjaralar oldida tutaqqan xalq qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: may Beshinchi oy; sharob, musallas.

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

1. azmoyish olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

2. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

3. dastmoyasidan ayrilmoq: 1.sinmoq, bankrotlikka uchramoq. 2.bisotdagi, peshonadagi bor-yo‘q narsa.

4. moy tomsa: yalaguday - benihoya darajada toza

1. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.