Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {momiq}
So‘z bo‘g‘inlari: mo-miq
Izoh(lar)i:
momiq sf

1. 1. Paxtaga ishlov berish jarayonida tolasi ajratib olingan chigitda qoladigan kalta toladan tayyorlanadigan mayin paxta. Paxtaning momig‘ini askar bolalarning yarasiga bosishibdi. Yoshlik
Sobira opa ko‘zgu oldida bir tutam momiq paxta bilan yuz-ko‘zlarini artayotgan qiziga qarab urisha ketdi. M. Xayrullayev, Tilla marjoy

2. 2. Umuman, ochilgan, terilgan paxta. Ho-zir chevar qo‘llar ham, mashina bunkerlari ham lo‘ppak momiqlarni miriqib qamraydigan damlar. Gazetadan
Chanoqlarda ko‘pirib turgan oppoq momiqlar quyoshning zarrin nurida misoli olmosdek tovlanadi. Gazetadan

3. 3. Yumshoq yung, tivit. Nazokat qorako‘l yoqali palto, momiq ro‘mol o‘rab olgan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

4. ko‘chma hma Paxtaday oppoq, yumshoq, luppi, momiqday. Yigitali torting degan ma’noda La’lining bilaklaridan ushladi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Guppa-guppa yog‘ar edi momiq qor. J. Jabborov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.