Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {moliya}
So‘z bo‘g‘inlari: mo-li-ya
Izoh(lar)i:
moliya ot

1. iqt. qt. Maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish, ishlatish tizimi. Moliya yili. Moliya kapitali. Moliya tizimi.

2. 2. Biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari. Korxona moliyasi.

3. s. t. t. Shunday (moliya 1) ishlar bilan shug‘ullanuvchi davlat organi. Qishloq odamlarining aytishicha, Ismoilov moliyadan yashirincha ustaxona ochib, yasagan buyumlarini qimmat bahoga pullar ekan. Gazetadan
Kira qilyapsan, deb moliyaga yozib berishdan ham toymaydi bular. S. Anorboyev, Oqsoy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.