1. 1. Haydalgan yerning kesaklarini maydalab tekislash va zichlash uchun ishlatiladigan qishloq xo‘jalik asbobi, boronaning yog‘ochdan yasalgan jaydari turi.
Matqovul qishda ham tinmadi. O‘ziga omoch yo‘ndi, mola yasadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o.
Tuproq obitobiga yetib, shudgorlarga mola tushdi.
S. Nurov, Narvon
2. 2. Mola bosmoq Shudgor ustidan mola yurgizmoq.
Tushdan keyin arpadan bo‘shagan yerni haydab, mola bosaman.
S. Nurov, Narvon