1. 1. Biror narsaning zamiridagi tub, eng muhim ma’no, ichki mazmun, mag‘iz.
Mohiyat — nafaqat Buxoro o‘lkasini, balki Turkiston, Xorazm, Farg‘ona muzofotlari, alqissa, ikki aryo oralig‘ini yovdan ozod etishdan iborat!
Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik
Rixsivoy, chamamda, cho‘lquvarlarning ulkan ishining mohiyatiga tushunmayapti.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
2. fls. ls. Narsalarning ichki mazmuni bo‘lib, ularning turli-tuman xossalarini va munosabatlarini yaxlit aks ettiradi. qiyos. hodisa.