Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {modda}
So‘z bo‘g‘inlari: mod-da
Izoh(lar)i:
modda ot

1. Tinch holatda massaga ega bo‘lgan zarralar majmui; jismlarni tashkil qilgan narsa. Organik modda. Portlovchi moddalar. Zaharli moddalar. ▬ Ona sutida oqsillar, yog‘lar, fosfor kabi to‘yimli moddalar yetarli bo‘ladi. Saodat

2. Rasmiy hujjat, majmua, qonun va shu kabilarning raqam yoki harf bilan ajratiladigan mustaqil bo‘limi.

3. Ustavning birinchi moddasi. [Jonfig‘on] Jinoyat qonunlari majmuasining allanechanchi moddasi to‘g‘risida gapirdi. A. Qahhor, Jonfig‘on

4. Byudjet yoki biror moliyaviy hujjatning daromad manbai va xarajat qismlarini ko‘rsatuvchi bo‘limi. Daromad moddalari.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. modda I Ot
matnning raqamlangan har bir mustaqil qismi

2. modda II Ot
jismlarni tashkil etuvchi narsa

Paronimi: madda – [a] Yara ichida hosil bo‘lgan yiring.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.