Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {moda}
So‘z bo‘g‘inlari: mo-da
Izoh(lar)i:
moda ot

1. Tovuq va bedanadan boshqa qushlarning urg‘ochisi. Modasiga tegishgani uchun tomdagi kaptar ham buqog‘ini chiqarib, raqibining tevaragida yag‘rin kera boshladi. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 1. Turmush yoki madaniyatda kiyim-kechak, ro‘zg‘or buyumlariga nisbatan muayyan did yoki qiziqishning ma’lum vaqtgacha ustuvor bo‘lishi.

3. 2. Tor ma’noda: ana shu did va qiziqishlarga mos keladigan kiyim shakli va namunalari. Hozir bu moda emas. Moda bo‘lmoq. Modadan chiqmoq. Moda bo‘yicha kiyinmoq. Modaga qarab soch qo‘ymoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. moda I Sifat
Makiyon, urg‘ochi (tovuq va bedanadan boshqa qushlarga nisbatan ishlatiladi)

2. moda II Ot
1. Muayyan bir ijtimoiy doirada ma’lum vaqt davomida kiyinish, uy jihozlari tanlash didi. 2. Hozirgi did talabiga javob beradigan kiyim-kechak namunalari.

Paronimi: modda – [a] Jismlardan tashkil topgan narsa; hujjat, majmua kabilarning raqam bilan ajratilgan bo‘linmasi.

Modal so‘z – so‘zlovchining bildirgan fikriga qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar guruhi.

Umumiy grammatik belgilari.Morfologik jihatdan o‘zgarmaydi: turlanmaydi, tuslanmaydi. So‘z yasalishi, shakl yasalishi uchun asos bo‘lmaydi. Ma’noli qismga ajralmaydi. Gapda boshqa bo‘laklar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.

Modal so‘zning 2 turi ajratiladi:

1.  Sof modal so‘z: albatta, chamasi, aftidan, tabiiy, mazmuni, ehtimol;

  1. Modal ma’noli mustaqil (vazifadosh) so‘z: bor, yo‘q, kerak, darkor, zarur, lozim, mumkin, iborat.

Modal so‘zlar, aslida boshqa turkumdan o‘sib chiqib, alohida bir guruhni hosil qilgan: 1) otdan: ehtimol, chog‘i, chamasi, mayli, mazmuni, haqiqatdan, haqiqatda, darhaqiqat, darvoqe, filhaqiqat, aslida, aftidan, xayriyat, vassalom; 2) sifatdan o‘sib chiqqan: shubhasiz, shekilli, rost/rosti, to‘g‘ri/to‘g‘risi/ to‘g‘rirog‘i, so‘zsiz, tabiiy/tabiiyki, ma’lumki, muhaqqaq, ochig‘i; 3) ravishdan: albatta, rostdan, chindan, avvalo, zotan, umuman; 4) bog‘lovchidan: balki; 5) olmoshdan: o‘zo‘zidan, har qalay; 6) fe’ldan: kel/keling, qo‘y/qo‘ying/qo‘yingki, hoynahoy, demak, deylik, olaylik; 7) sintaktik birlikdan: har holda, haytovur, ishqilib, bari bir, nafsilambiriga.

M o d a l so‘z ning ma’no turi.Modal so‘z ifodalaydigan ma’nosiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1)  fikrning aniqligini bildiradigan modal so‘z: darhaqiqat, darvoqe, haqiqatan/haqiqatdan(ham), rost, to‘g‘ri/to‘g‘risi, rostdan, chindan;

2)fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so‘z: balki, ehtimol, chamasi, aftidan, mazmuni;

Sintaktik vazifasi.Modal so‘z quyidagi sintaktik vazifada keladi:

  1. Kirish so‘z: Bu, shubhasiz, bizning yutug‘imiz. Tabiiy, bir kun oldin ekkan hafta burun o‘radi. Balki bu biz bilmagan yangi elementdir.
  2. So‘zgap:

Bemorni kasalxonaga yotqizish kerakmi?

Albatta.

Majlis bir soatda tugarmikin?

Ehtimol.

Modal ma’noli so‘z:

1. Kesim: Kitob bor. Daftar yo‘q;

2. Kesimning tarkibiy qismi: Bugun borishim kerak. Kitobning keragi yo‘q;

3. Sifatlovchianiqlovchi: Yo‘q narsani yo‘ndirib bo‘lmaydi.

4. Bor, yo‘q, kerak so‘zi otlashsa, otning sintaktik vazifasini bajaradi: Bor maqtansa topilar, yo‘q maqtansa chopilar.

M o d a l so‘z larda shakl va ma’no munosabati.Modal so‘zma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik munosabatida bo‘ladi:

1)  ma’nodosh modal: chamasi –chog‘i –mazmuni; shubhasiz –shaksiz –so‘zsiz; o‘zo‘zidan –tabiiy; haqiqatda –haqiqatdan –darhaqiqat; voqean – darvoqe –aytgancha –deganday; ehtimol –balki.

2)  zid ma’noli modal: bor –yo‘q, ha –yo‘q.

3)  shakldosh modal: to‘g‘ri, rost, tabiiy (sifat) –to‘g‘ri, rost, tabiiy (modal); albatta, rostdan, chindan (ravish) –albatta, rostdan, chindan (modal).

Modal so‘z ma’noli qism (morfemalar)ga ajraltilmaydi:aftidan, shubhasiz. Lekin unda omonim bo‘lgan mustaqil so‘z ajratiladi: Uning tobi qochganligi aftidan bilinardi (aftidan –ot, aftidan). Bu haqiqat shubhasiz (shubhasiz – ot, shubha – siz).

Modalga o‘tish bosqichida turgan ayrim so‘zni modal yoki modal emas deyish qiyin. Shuningdek, xullas, xullasikalom, demak, bas, binobarin, qisqasi, umuman; mas., shuningdek, jumladan, chunonchi; aksincha; avvalo, avvalambor, nihoyat; aytganday, aytmoqchi, zotan; xususan, ayniqsa, asosan; koshki, zora, yaxshiki, xayriyat, shoyad kabi so‘zni ko‘proq so‘zlovchining qo‘shimcha munosabatini ifodalashga xoslanayotganligi, kirish bo‘lak vazifasini bajarayotganligi uchun modal so‘z deyish mumkin.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.