1. 1. Yuqori labning ustini qoplagan mo‘ylar, murt.
Abdishukur qisqa mo‘ylovining ikki uchini ingichka burab, burnining kataklariga yetkizgan o‘ttiz besh yoshli oriqqina kishi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. s. t. t. Mo‘ylov qo‘ygan, mo‘ylovi bor (shaxs).
O‘rtada chordana qurib o‘tirgan mo‘ylov — Ro‘zi polvon.
T. Murod, Qo‘shiq
— Ha-ya, — dedi To‘qsonov, hamon derazadan mo‘ralagan holda va yana so‘radi: — Haligi mo‘ylovingiz ko‘rinmay qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. 3. Ba’zi hayvonlarning ustki labi ikki chekkasidan o‘sib chiqqan, sezish uchun xizmat qiladigan mo‘ylari.
Mushuk mo‘ylovi.
4. 4. Ba’zi hasharotlarning boshidagi hid bilish va sezish qobiliyatiga ega bo‘lgan tuklari.
Chumoli mo‘ylovi.