Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mo‘rala} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mo‘-ra-la-moq
Izoh(lar)i:
mo‘rala fl

1. To‘siq, tirqish, teshik orqali qaramoq. Tirqishdan mo‘ralamoq. Nuri palak ostida yosh ayollar bilan qurshalgan holda turar ba’zan yallachilarga yashirincha mo‘ralab qo‘yar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Turgisi kelmay, ko‘rpaning tagidan mo‘ralab yotgan Sarsenboy boshini burkab oldi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
Burnining uchigacha tushirib olgan ko‘zoynagi tepasidan mo‘ralaydi. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.