1. El og‘ziga tushgan, to‘g‘ri-noto‘g‘riligi noma’lum xabar, gap-so‘z.
Mish-mish tarqatmoq. Mish-mishlarga ishonmoq.
▬
Ertalab yana turli gaplar eshitila boshladi Madamin voqeasidan ham vahimaliroq mish-mishlar tog‘lar, dovonlarni bir kechada oshib kelib, qishloqning tor ko‘chalariga kirgan ekan.
P. Tursun, O‘qituvchi
Qishloqdan ancha narida, dasht etagida joylashgan bu tepalik haqida vahimali mish-mishlar tarqalgan edi.
Yoshlik