Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mirzo}
So‘z bo‘g‘inlari: mir-zo
Izoh(lar)i:
mirzo ot

1. 1. Mirzoda, amirzoda, amir o‘g‘li (Ayni ma’noda ushbu so‘z tegishli atoqli otdan keyin yoziladi masalan: Ulug‘bek mirzo, Ibrohim mirzo). Ammo, bari bir yosh mirzolar katta bo‘lgach, o‘z ota-bobolari kabi xunrez, zolim bo‘ladilar. Mirmuhsin, Me’mor

2. kt. ayn. yn. Mirza 1,2. (Ayni ma’noda ushbu so‘z tegishli atoqli otdan oldin yoziladi; masalan, Mirzo Anvar, Mirzo Bedil). Anvar., noma va arizalarning ba’zilarini birinchi xona-da oldiga davot, qalam qo‘yib, daftar usti-da o‘tirgan mirzo, muftilarga havola qilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

  Mirzo Mahdixon ((XVII–XVIII asr, Eron) asl ismi – Nizomiddin Muhammad Xodi al-Husayni as-Safaviy). Asli astrobodlik, Eron shohi Nodirshoh saroyida muarrix va xattot bo‘lib ishlagan. Grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan «Sangloh» (1760) lug‘ati mashhur. Asarga qo‘shimcha kiritilgan «Maboni ul - lug‘at» ikki qismdan: muqaddima va tarsif (grammatika) dan iborat.

  Muqaddima qismida asarning yozilish sababi, Alisher Navoiy asarlarining asar yozilishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgani, turkiy tilning arab va tors tillaridan farqlanuvchi o‘ziga xos grammatik xususiyati haqida fikr yuritiladi. Asarning lug‘at qismi, asosan, Navoiy, Lutfiy, Bobur asarlaridagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohiga, ularning fors tiliga tarjima qilinishiga qaratilgan.

  Tarsif qismida arab tilida fe’llarning asosi masdar-infinitiv ekanligi, o‘zbek tilida esa II shaxs, birlik, buyruq mayli shaklida ekanligi va fe’lning barcha shakllari shu asosdan hosil qilinishi bayon qilinadi.

  Mirzo Mahdixonning «Maboni ul-lug‘at» asari – XVII–XVIII asr o‘zbek tilshunosligidagi grammatik tushunchani qamrab olgan nodir manba.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.