1. tar. ar. O‘rta Osiyo xonliklarida tungi shahar soqchisi va ularning boshlig‘i.
Mirshablar tomonidan qo‘rboshi mahkamasiga so‘roqqa olib ketilgan qutidor qaytib yo‘lakka kirishi bilan Oftob oyim ila Kumushga jon kirgan kabi bo‘ldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.
▬
— Bizni kimning hukmi bilan o‘ldirmoqchi bo‘layotirsiz?— dedi xatirchilik bandi, mirshab odamiga.
S. Ayniy, Qullar
2. s. s. T. Militsioner.