Qo‘miq tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Rossiyaning Dog‘iston, qisman Checheniston, Ingushiya, Shimoliy Osetiya Respublikalarida tarqalgan. Qo‘miq tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 282 mingdan oshadi (o‘tgan asrning 90-yili ma’lumoti).
Qo‘miq tilining, asosan, 3 ta: bo‘ynoq, qaytaq, xasavyurt lahjasi farqlanadi. Lahjalarda fonetik va morfologik tafovutlar mavjud. Qo‘miq tiliqipchoq guruhiga mansub bo‘lsa-da, unda o‘g‘iz tillariga mansub belgilar ham kuzatiladi.
Adabiy qo‘miq tiliXX asr boshlarida xasavyurt va bo‘ynoq lahjalari asosida shakllangan.