1. mat. at. Ayirish amalini yoki manfiy miqdorni bildiruvchi (—) belgi.
2. mat. at. Ayiruv, oluv.
Besh minus to‘rt — baravar birga.
3. mat. at. Miqdorning manfiyligini, haroratning noldan pastligini bildiruvchi so‘z yoki belgi.
Bugun harorat minus yigirma.
4. 4. O‘quvchiga qo‘yilgan bahoning to‘liq emasligini, uning bilimi shu bahoga yetarli emasligini bildiruvchi so‘z yoki belgi.
Minus uch baho qo‘ymoq.