Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {miniatyura}
So‘z bo‘g‘inlari: mi-ni-at-yu-ra
Izoh(lar)i:
miniatyura ot

1. snt. nt. 1 O‘rta asr qo‘lyozma asarlari va kitoblarda bo‘yoqlar bilan chizilgan nafis rasm, surat, bezakli bosh harf yoki lavha. Navoiy lirikasi va Xamsa siga Behzod ishlagan miniatyuralar o‘rta asr tasviriy san’atining qimmatbaho durdonalaridandir. F. Xusaynova, Qo‘qon adabiyot muzeyida.

2. 2. Nozik va chiroyli qilib ishlangan kichkina rasm, surat; shunday surat va rasmlar solish san’ati. Miniatyura namunasi. Sharq miniatyurasi. XVI asr Buxoro miniatyura san’atida ham yuqoridagi an’ana davom etadi. Fan va turmush

3. 3. Kichik adabiy yoki sahnaviy-musiqiy asar. “Ta’zim” to‘plamiga kiritilgan Gul haqida hikoyalar, Jajji hikoyalar turkumlari yaxshi miniatyuralardir. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.