Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {min} - g‘ - illa - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: min-g‘il-la-moq
Izoh(lar)i:
min fl

1. 1. Biror narsaning ustiga (odatda ot-ulovga) oyoqlarni ikki yoqqa solintirib o‘tirib olmoq. Tuyaga minmoq. Mototsiklga minmoq. Ot kimniki — minganniki. Maqol
Yormat aravaning har qismiga razm solib, keyin chaqqonlik bilan otga mindi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bo‘taboy azim tup yong‘oqqa tirmashib, bog‘ devoriga mindi. S. Ahmad, Hukm

2. shv. hv. Transport vositalariga chiqmoq, o‘tirmoq. Aravaga minmoq. Tramvayga minmoq. Mashinaga minmoq. U yerdan odatda kemaga minilar, Chorjo‘yda o‘taravaga o‘tirish kerak edi. S. Siyoyev, Avaz
Boboqul ota Qaynardan qaytishda To‘lamat mo‘ylovning pichan ortilgan avtokachkasiga minishga majbur bo‘ldi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. shv. hv. Transport vositalarining biror turini boshqarmoq, haydamoq. Mashina minmoq. Arava minmoq. Jon fig‘on bundan besh-olti yil burun qaysi bir idoraning izvoshini minar ekan, kirakashlik qilib, qo‘lga tushgandan keyin haydashibdi. A. Qahhor, Jon-fig‘on
Arslon chiroyli kostyumlarini garderobga ilib, kombinezon kiyib, universal mindi. Mirmuhsin, Yashiringan kuch

4. ko‘ma. ma. O‘tirmoq, inmoq. Bulbul ketib, bog‘da navosi tindi, Yulduz yelkasiga go‘yo tog‘ mindi. B. Boyqobilov, Sadoqat

5. 5. Amal, mansab mazmunli so‘zlar bilan qo‘llanib, shu so‘z bildirgan vazifa, lavozim. mansabni egallamoq ma’nosini bildiradi. Nodon Anvar o‘rdadan quvlanish yeri-da sarmunshiylik masnadiga minmoqchi! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Amalga yangi mingan hovliqma odamdek burnini ko‘targan. Oybek, Tanlangan asarlar
A’zam Mirahmedov bosh vrachlik lavozimiga mindi-yu, xo‘mrayib kirib, chimirilib chiqadigan bo‘ldi-qoldi. Mushtum

6. 6. Avj, g‘azab kabi ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, shu so‘zlar bildirgan holatning yuz berishi ma’nosini bildiradi. Beo‘xshov cho‘lning daydi shamoli avjga mingan. F. Nurullayev, Bo‘z yigit
— To‘xtat deyapman senga! — lablari pirpirab, jahlga minib baqirdi rais. Mushtum
Sovuq chunon qahriga minganki tishimiz tishimizga tegmay qaltiraymiz. O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Vaysamoq – vaqillamoq – javramoq – to‘ng‘illamoq – ming‘illamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.