Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {milliy}
So‘z bo‘g‘inlari: mil-liy
Izoh(lar)i:
milliy sf

1. 1. Biror millatning, xalqning o‘ziga xos bo‘lgan, uning xususiyatlarini ifodalovchi. Milliy madaniyat. Milliy musiqa. Milliy kiyim. Milliy me’morchilik. Bog‘dagi maxsus pavilonlarda milliy taomlar tayyorlab sotilmoqda. Gazetadan

2. 2. Biror mamlakatga, davlat va uning aholisiga oid. Respublikamizning milliy bayrog‘i. Milliy daromad. O‘rta Osiyoda ilk bor respublikamizda 1976 yil sentyabrida Zomin milliy parki ta’sis etildi. Fan va turmush

3. 3. Millat bilan bog‘liq, millatiga ko‘ra bo‘lgan. Men irqiy va milliy ayirma va kamsitishlar odamlarni eng zaif jonivordan ham kuchsiz va mute qilib tashlagan o‘lkalarni ko‘rganman. Zulfiya, Cho‘qqilar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.