1. 1. Miltiq, to‘pponcha kabi otish qurollarining o‘q otilib chiqadigan naysimon qismi.
Mehmonxonaning qator uch eshigi miltiq mili sig‘arlik o‘lchakda bir necha joydan teshildi.
S. Ayniy, Qullar
2. 2. Ba’zi asbob yoki narsalarning naysimon qismi.
Solihboy atrofga olazarak nazar tashlab, chilim milining uchini ushlab chekadi, o‘zi esa Jamiladan ko‘zini uzmaydi.
F. Jo‘rayev, Obid Jalilov
3. Turli o‘lchov va nazorat asboblarining o‘z o‘qi atrofida aylanib, o‘lchanayotgan narsa miqsorini ko‘rsatuvchi bosh qismi, yassi va uchli qismi.
Soat mili. Kompas mili,
▬
Ro‘paradagi yumaloq tarozi siferblati ustidagi mili harakatga keldi.
S. Anorboyev, Yo‘lda yo‘ldosh bo‘lganlar
darvozaning peshtoqidagi elektr soatning millari nol-nolni ko‘rsatib turardi.
M. Xayrullayev, Tilla marjon
4. k. Milya.
Tog‘lar, okeanlar, millar oshdi u.
A. Muxtor
5. Uchi ingichka, keskir temir asbob (tarixda: qizdirib, kishi ko‘zini ko‘r qilish uchun ishlatilgan).
Bobur darvozadan kirsin, keyin tuttirib, ko‘ziga mil torttirmoq kerak.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
6. O‘sma, surma qo‘yish uchun ishlatiladigan asbob, surmacho‘p.
Qoshingning qoraligi mildanmidi, Belingning nozikligi qildanmidi?
M. Alaviya, Xalq qo‘shiqlari