Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mijoz}
So‘z bo‘g‘inlari: mi-joz
Izoh(lar)i:
mijoz ot

1. 1. Sotuvchiga nisbatan doimiy xaridor va shu xaridorga nisbatan sotuvchi. Mijozingdan ayrilging kelsa, nasiyaga mol ber. Maqol
U [sizga] har kun ertalab qaymoq olib keladigan mijoz edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Biror ish-yumush bilan doim aloqada bo‘lgan shaxs. O‘sha kitobda Rohat choyxonasi mijozlarining g‘alati hazil-mutoyibalari, ichak uzdi latifalari-yu tagdor qochiriqlarini qalamga olgan edim. Mushtum
Mullajon aka ixlos bilan soqol qirar ekanlar, mijozga tushuntira ketdilar. E. Raimov, Ajab qishloq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. mijoz I Ot
sotuvchining doimiy xaridori

2. mijoz II Ot
temperament

Paronimi: majoz – [a] So‘z, ibora, gapning ko‘chma ma’noda ishlatilishi; istiora.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.