1. 1. Mashina, asbob, apparat va shu kabilarning ichki, ishga soluvchi qismlari, ichki tuzilishi.
Soat mexanizmi. Stanok mexanizmi.
▬
qani, pulemyotchi bo‘lsang, mexanizmlarini gapirib ber-chi!
I. Rahim, Chin muhabbat
2. 2. Biror ishni bajaruvchi murakkab mashina.
Hozirgi zamon qurilishini mana shu mexanizmlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Gazetadan
3. 3. Ichki tuzilish, sistema.
Davlat mexanizmi.
4. 4. Biror narsaning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va yaxlitlikni tashkil etuvchi qismlari.
syujetlar ketidan syujetlar, xarakterlar ketidan xarakterlar kelib, yozuvchi ijodiy laboratoriyasining hamma mexanizmlarini ishga solib yuborgandi.
M. Qo‘shjonov, Poemadan romanga