1. 1. Ba’zi daraxt va butalarning hosili.
Yeyishli meva. Yeb bo‘lmaydigan meva. Ho‘l meva. Quruq meva. Meva sharbati.
▬
Marjon kabi qizargan mevalarini ko‘tara olmay, turli tomonga bosh ekkan jiyda daraxtlari uzoqdan kumush kabi oqarib ko‘rindilar.
A. Qodiriy, Obid ketmon
O‘lkamizda kuz, mevalar g‘arq pishgan palla.
Gazetadan
2. 2. Mevali daraxt.
Said, Mirzaqumar yosh meva ko‘chatlarini qo‘porar, Haydar ularni to‘plab, bog‘-bog‘ qilardi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Uncha katta bo‘lmagan, chog‘roq hovlining o‘zida o‘n xilcha meva navlari bor.
J. Abdullaxonov, Oriyat.
Kechaning qorong‘uligi ustiga mevalarning quyuq yaproqlari qo‘shilib, bu maydon, ayniqsa, Otabekning hozirgi ko‘ngliga yaqinlashib kelar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. ko‘chma hma Samara, natija, mahsul.
Ilohi bo‘lgaysan, bolam, barkamol. Umrimning mevasi — bir toza nihol.
Ravshan
El taomilida: keksalar hamisha maslahat berishar, yoshlar ja o‘sha maslahat mevalarini terishar edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. 4. Shakarpazlik mahsulotlari, shirinlik
[Hakimboyvachcha] Rang-barang qimmatbaho mevalar, qaymoqqa qorilgan nonlar bilan to‘la dasturxon yozib, achchiq choyni quya boshladi.
Oybek, Tanlangan asarlar