Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mesh}
So‘z bo‘g‘inlari: mesh
Izoh(lar)i:
mesh ot

1. 1. Suv, qimiz va shu kabilar suyuq narsalar solib qo‘yiladigan, tashiladigan teri; sanoch. Mangqishloqqa tushib, qozoqlar ovulidan bir mesh qimiz olib chiqishdi. M. Mansurov, Yombi
Bitta jangchi chelakdagi suvni meshga avaylab quydi. K. Yashin, Hamza

2. 2. Oyoq kiyimi astari, supra va shu kabilar narsalar uchun ishlatiladigan jo‘n qo‘y teri. Xotin, qorilgan xamirni mesh supraga o‘rab, ustiga serpaxta ko‘rpani yopgandan keyin, yerda turgan cho‘yan obdastadan qo‘lini yuvmoqchi bo‘ldi. S. Ayniy, Doxunda

3. ko‘chma s.t. .t. Meshga o‘xshash; do‘mboq, dumaloq (qoringa nisbatan). Xo‘randalar haqini urib, qorni ko‘pchib mesh bo‘ldi. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.