Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {meros}
So‘z bo‘g‘inlari: me-ros
Izoh(lar)i:
meros ot

1. 1. Marhumdan vorislarga qolgan mulk. Otadan qolgan meros. Xotinimga tegadigan merosdan mani quruq qilishga urinishadi ular. Lekin bo‘sh kelmayman. Oybek, Tanlangan asarlar

2. huq. uq. Mol-mulk, huquq va majburiyatlar egasi vafot etishi bilan ularning boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tishi.

3. 3. O‘tganlardan qolgan, o‘tgan narsa, odat va shu kabilar Hujayramning har bo‘lagida Ajdodlardan meros qonim bor. A. Muxtor
Hamma qizlar erga tegish oldida bir-bir yig‘lab oladi-ku, Bibi Fotimadan qolgan meros-ku. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Ajdodlardan avlodlarga qolgan ilmiy, adabiy, madaniy boylik. bobolarimiz qoldirib ketgan meros va yodgorliklar bilan yaqindan tanish bo‘lmay turib, kelajagimizni bila olmaymiz. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.