1. 1. O‘qni bexato uradigan, poylab turib otadigan.
Ko‘p otgan bilan mergan bo‘lmas, ko‘p aytgan bilan chechan bo‘lmas.
Maqol
Mergan ovda bilinar, so‘zchi — dovda.
Maqol
Divizionda Sharipovni Ustasi farang mo‘ljalchi, mergan to‘pchi, deyishardi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
2. 2. O‘qchi askar, jangchi.
Merganlar o‘n besh daqiqa, orqasini uzmay miltiqqa o‘t berib turdilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar