Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mehrob}
So‘z bo‘g‘inlari: meh-rob
Izoh(lar)i:
mehrob ot

1. 1. Masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy (namoz shu tomonga qarab o‘qiladi). Hujraning ichi qorong‘i bo‘lmasa ham, qoidaga binoan, g‘arb tomonidagi mehrobga sham yoqib qo‘yilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
U mehrobga yetib kelgach yarim qorong‘i xonada tasbeh o‘girib o‘tirgan uch-to‘rt kishiga ko‘zi tushdi. Mirmuhsin, Me’mor

2. ayn. yn. Taxmon. Ko‘rpani mehrobga yig‘ib qo‘ymoq.

3. ko‘chma hma Biror narsa, joyning to‘ri, to‘r tomoni. Vatan — sen yuragim, yuragim sensan. Yuragim mehrobi — muqaddas Vatan. G. Jo‘rayeva
Otashin barq yondi gulrang charxning mehrobida. E. Vohidov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.