Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mehribonlik}
So‘z bo‘g‘inlari: meh-ri-bon-lik
Izoh(lar)i:
mehribonlik ot

1. 1. Mehrli (mehribonga xos) e’tibor, munosabat; mehribonga xos xislat. Ahmadning yonidan o‘tar ekanlar, Asadillo mehribonlik bilan uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. F. Musajonov, Himmat
Kombinatda odamlar o‘zlariga e’tibor va mehribonlikni seziishayapti. Gazetadan
Domlaning otasidek bo‘lib qolgani, mehribonligi unga dalda berdi. Mirmuhsin, Umid.

2. ayn. yn. Mehribonchilik. [ Nodira:[ Ota-onalarimdan, opa-singil, og‘a-ini, qarindosh-urug‘larimdan ko‘rmagan bu mehribonliklarni, o‘lsam, qora tuprog‘im unutmasdir. Hamza, Maysaraning ishi
Hozir ham u nimagadir yosh boladay ayasining mehribonliklarini qo‘msadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.