1. 1. Mehr-shafqat ko‘rsatuvchi, mehr bilan munosabatda bo‘luvchi.
Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy bo‘lib, u Anvarga o‘z bolasiday mehribon edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bolalarining baxti uchun har qanday jafolarga o‘zini otgan, mehribon, shafqatli ona!
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ayn. yn. G‘amxo‘r.
Bu yerda bir mehribonim yo‘qki, menga ko‘maklashsa.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. ko‘chma hma Mehr (mehribonlik) ifodalovchi.
Hamisha kulib turadigan mehribon chehrasi hozir jiddiy edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona t.
o
Elmurodning qanday ahvolga tushganini sezgan Gulsum uni mehribon so‘zlari bilan yupatmoqchi bo‘lib kelgan edi.
P. Tursun, O‘qituvchi