Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mehr}
So‘z bo‘g‘inlari: mehr
Izoh(lar)i:
mehr ot

1. 1. Insonning o‘z tug‘ishganlariga, yaqin kishilariga va umuman, odamga, narsaga bo‘lgan samimiy muhabbati; yaxshi ko‘rish tuyg‘usi. Onalik mehri. Mehrini qozonmoq. Vatanga bo‘lgan mehr va muhabbat. Mehr bilan o‘qimoq. Ishga mehr qo‘ymoq. To‘satdan vujudini qamragan onalik mehri g‘olib kelib, tortgan azobi ham esidan chiqdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Ikki yor sevgisi ham mehri shunda. Shoirning ilhomi, she’ri ham shunda. M. Alaviya
Yoshlar o‘rtasida dehqonchilik kasbiga mehr uyg‘otishga e’tiborni kuchaytirish kerak. Gazetadan
Bu o‘rik bir vaqtlar Murotalining otasi tomonidan ekilgan va mehr bilan parvarish qilingan edi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. 2. Shafqat, rahmdillik. Odamning yuragi-da mehr bo‘lishi kerak. Kerakli vaqtda ko‘maklashish kerak. Oybek, Tanlangan asarlar

3. f. f. [ — eroniy quyosh yilining yettinchi oyi; quyosh] Quyosh, oftob. Jahonning mehri ikkidur: biri sensan, biri — oftob. E. Vohidov, Muhabbat

4. 2.

Antonim(lar)i: nafrat
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. mehr qo‘ydi: butun hissiyoti bilan suydi

2. mehri tosh: bemehr, iltifoti yo‘q

3. mehri tovlanmoq: mehri uyg‘onmoq, qo‘zg‘almoq.

4. mehri tushdi: suyib qoldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.