1. 1. Mehnat qilib kun ko‘ruvchi; mehnat kishisi.
Mehnatkashlar ommasi.
▬
Siyosiy savod avvalo shuki, har bir mehnatkash oqni qoradan, do‘stni dushmandan ajrata bilishi kerak.
H. G‘ulom, Mash’al
U erkparvar, sodda, mehnatkash xalqning bunday olijanobligi qarshisida o‘zining mas’uliyatini yana chuqurroq sezdi.
Oybek, Quyosh qoraymas
2. 2. Mehnat qilib charchamaydigan; mehnatsevar.
Bechora Oqila, o‘zi juda halol, mehnatkash, bolalarga juda mehribon
A. Qahhor, Og‘riq tishlar.