1. 1. Biror maqsad uchun qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat; ish.
Aqliy mehnat. Jismoniy mehnat. Mehnat intizomi. Mehnatda chiniqmoq. Mehnat — mehnatning tagi rohat.
Maqol
Mehnatga o‘rgangan kishi mehnatsiz qolsa, mehnat xumor qiladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona t. o.
2. 2. Biror maqsad uchun sarflanadigan kuch, g‘ayrat, harakat.
Bir tomondan, raisning obro‘yini saqlash, ikkinchi tomondan, bu tadbirdan qattiq norozi bo‘lgan odamlarga buning mohiyatini tushuntirish kerak bo‘lib qoldi. O‘rmonjon bunga hiylagina vaqt va mehnat sarf qildi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari