Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mehmonxona}
So‘z bo‘g‘inlari: meh-mon-xo-na
Izoh(lar)i:
mehmonxona ot

1. 1. Mehmon kutiladigan uy. [Safar bo‘zchi] Bir necha marta kelib, Anvarning mehmonxonasiga o‘rganib qolgan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Tabib, Me’mor mehmonxonaga tayyorlangan dasturxon atrofiga o‘tirishdi. Mirmuhsin, Me’mor.

2. 2. Musofirlarning vaqtincha turishi uchun jihozlangan xonalardan iborat bino; musofirxona. Shahar mehmonxonasi. Mehmon-xonada turmoq. Mehmonxonaning yettinchi qavatidagi restorandan orkestr sadosi, mastona qiyqiriqlar eshitiladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.