Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mehmondo‘st}
So‘z bo‘g‘inlari: meh-mon-do‘st
Izoh(lar)i:
mehmondo‘st sf

1. Mehmonni, mehmon kutishni, mehmon chaqirishni yaxshi ko‘radigan; mehmonsevar. Mehmondo‘st o‘zbek xalqi. ▬ Keng fe’l, odamshavanda, mehmondo‘st, tanti farg‘onaliklar Ahmadni maftun etdi. F. Musajonov, Himmat
Toshkent o‘zining mehmondo‘stligi, xalqaro anjumanlar shahriga aylanib qolganligi bilan jahon xalqlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo‘shmoq-da. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.