Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mazmun}
So‘z bo‘g‘inlari: maz-mun
Izoh(lar)i:
mazmun ot

1. 1. Aql, fikrlash bilan tushuniladigan, mantiqiy mundarija; boshqa belgi bilan ifodalangan ichki mundarija. Kitobning mazmuni. Xatning mazmuni. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o‘qib-o‘qib, mazmuniga tushunolmay hayron bo‘laman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarni belgilovchi asos, mohiyat. Boshqa barcha tinchliksevar xalqlar singari, tinchlik va ijodiy mehnat xitoyliklarning ham hayot mazmuni, ijod manbaidir. T. Jo‘rayev, Ulug‘ Xitoyda
kishilarimiz qilayotgan ishlar va ko‘zlayotgan rejalar matbuotimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Gazetadan
Bu ishlarni shunchaki davom ettiribgina qolmay, uni yangi mazmun bilan boyitamiz O‘zbekiston qo‘riqlari

3. fls. ls. Biror hodisaning mohiyatini belgilovchi, narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va o‘zgarishlarning yig‘indisi, asosi. Shakl va mazmun birligi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ma’no [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ma’noli – mazmundor – mantiqli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.