1. din. in. Islomda diniy huquq tizimlari va yo‘nalishlari; umuman, an’anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farqlanuvchi yo‘nalishlar, oqimlar.
Islomning shia mazhabi.
▬
— Ilgari bilish kerak.— dedi Xatib domla. — Siz imomi A’zam Abu Hanifa mazhablaridamisiz? Yoki imomi Molik?
A. Qodiriy, Obid ketmon
2. ko‘chma hma Rasm, odat; yo‘l.
Ishq mazhabida kufr erur jahl ila taqvo.
Hamza, Tanlangan asarlar
3. ko‘chma siyos. os. O‘z qarashlari va aqidalari bilan boshqalardan ajralib qolgan guruh.