Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {may}
So‘z bo‘g‘inlari: may
Izoh(lar)i: mavjud emas.
Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. may I Ot
uzumdan tayyorlangan musallas, ichimlik: boda, sharob

2. may II Ot
apreldan keyingi va iyundan oldingi oy nomi

Paronimi: moy Mol yo o‘simlik urug‘idan olinadigan yog‘.

Gapga kesim vazifasida kirgan fe’l harakatning bajarilishi haqida xabar, buyruq, shart, iltimos ma’nosidan birini bildiradi: o‘qidi, o‘qisa, o‘qigin kabi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart, maqsad ma’nosini ifodalovchi fe’lning munosabat shakli – mayl. Maylning uchta shakli ajratiladi:

Xabar mayli. Harakat-holatning zamon bilan bog‘liq holda bajarilish yoki bajarilmasligi haqida xabar beradi: keldi, kelyapti, keladi. Doimo zamon va shaxs-son qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi. Xabar maylining maxsus ko‘rsatkichi yo‘q.

Buyruq-istak mayli. Harakat-holatning kelasi zamonda bajarilish yoki bajarilmasligi haqidagi buyruq, iltimos, maslahat ma’nosini ifodalaydi. Uning qo‘shimchasi buyruq-istak bilan birga shaxs va sonni ham ko‘rsatadi:

I shaxsda buyruq shakli mavjud emas, ammo istak maylining birligi -(a)y shakli bilan, ko‘pligi unga -lik shaklini qo‘shish bilan yasaladi: yozay, yozaylik. Buyruq-istak maylining asosiy shakli II shaxs, uning birligi: 1) maxsus ko‘rsatkichsiz (nol shakl): yoz; 2) -gin shakli bilan: yozgin; 3) ko‘pligi -ing: yozing va -ingiz: yozingiz shakllari bilan yasaladi. Maxsus qo‘shimchasiz yasalganda buyruq ohangi kuchli bo‘ladi: kel, o‘qi, ket. III shaxs birlikda -sin, ko‘plikda -sinlar shakli bilan hosil qilinadi: yozsin, yozsinlar.

Buyruq-istak maylining inkor shakli -ma qo‘shimchasi orqali hosil qilinadi: bormay, borma(gin), bormasinkabi.

Shart mayli. Boshqa bir harakat/holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‘lgan harakat/holatni, shuningdek, payt, istak, iltimos, maslahat, faraz (kerak so‘zi bilan qo‘llanganda), to‘siqsizlik (asosan, ham va -da yuklamasi bilan) kabi ma’nolarni bildirgan fe’lning munosabat shakli. -sa qo‘shimchasi yordamida yasaladi: 1) shart: Sunnatjon bilsa, aytadi; 2) payt: Mahbuba uyga kirsa, hech kim yo‘q. 3)istak-xohish: tezroq talaba bo‘lsam. 4) maslahat: yaxshisi, o‘tilganlarni takrorlaymiz. 5) faraz, gumon: ertaga qor yog‘sa kerak. 6) iltimos: daftaringizni berib tursangiz. 7) taklif: bitta yostiq bersam, yonboshlasangiz.

Uslubiy belgilari.Mayl qo‘shimchasi bir-birining o‘rnida qo‘llanadi:

a) xabar mayli buyruq maylini ifodalaydi: Qani, yozamiz, bolalar. Ketdik, yigitlar. Bugun ish ko‘p, bolam. Mehmonlarning qo‘liga suv quyasan, joy-joyiga o‘tqazib, avval choy berasan. Ovqatlanayotganda ham gapiradimi, odam.

b) xabar mayli shart mayli o‘rnida: Va’da berdingmi, bajar.

d) buyruq mayli xabar mayli o‘rnida: O‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Mehnatni ular qilsin-u, foydani siz ko‘zlaysiz.

 

1. alifni kaltak deyolmaydi: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydi

2. beli og‘rimaydi: mashaqqat chekmaydi, qiynalmaydi

3. boshiga urmaydi: kerak emas

4. chakagi tinmaydi: Ko‘p beto‘xtov gapiradi; ezma

5. chizgan chizig‘idan chiqmaydi: barcha talablarini to‘la-to‘kis bajardi, ko‘rsatmasiga ko‘ra ish tutdi

6. dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqmaydi: o‘taketgan beg‘am, haddan tashqari beparvo

7. ep ko‘rmaydi: noloyiq, yarashmaydigan ish deb bildi

8. gap bermaydi: boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapiradi

9. jini suymaydi, jini sevmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

10. jiniga yoqmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

11. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

12. kechani kecha, kunduzni kunduz demay: vaqt tanlamay, sutkaning istalgan vaqtida

13. ko‘ngli ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi

14. ko‘z ilg‘amaydi: poyoni ko‘rinmaydi

15. ko‘zi ilg‘amaydi: kichik, sezilar-sezilmas bo‘lgani uchun ko‘ra olmaslik

16. ko‘zi o‘tmaydi: nuri ketib, ko‘zi kamquvvat bo‘lib qoldi

17. ko‘zi qiyarda-qiymay: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

18. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

19. ko‘zini uzmay: muttasil (qaradi)

20. kurakda turmaydigan: aytib bo‘lmas darajada nomunosib

21. labi labiga tegmaydi: juda tez va ko‘p gapiradi

22. lom-u mim demay: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

23. mayda gap: bo‘lar-bo‘lmas gaplarni dastak qilib gapirib yuruvchi odam

24. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

25. mushugini «pisht» demaydi: hech qanday ozor etkazmaydi

26. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi

27. o‘pkasini bosolmaydi: o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaydi

28. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

29. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

30. o‘ylab-o‘yiga eta olmaydi: uzoq o‘ylab, aniq bir fikrga kela olmaydi

31. o‘ziga yuqtirmaydi: o‘ziga tegishli deb bilmaydi

32. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi

33. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

34. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

35. og‘ziga olmaydi: 1)umuman iste’mol qilmaydi 2)gapirmaydi

36. og‘ziga qaramay: o‘ylamasdan («gapirdi»)

37. oralaridan qil ham o‘tmaydi: nihoyatda ahil, inoq, yaqin

38. otdan tushsa ham, egardan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

39. otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

40. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi

41. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi

42. qulog‘iga kirmaydi: 1) parishon bo‘lish, kuchli hayajonlanish yoki mashg‘ul bo‘lish tufayli o‘ziga qarata aytilayotgan gaplarni anglamaydi, eshitmaydi 2)e’tiborsiz qoldiradi, qabul qilmaydi

43. quvochi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

44. sanamay «sakkkiz» dedi: aniq bilmay turib gapirdi

45. sevinchi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

46. shodligi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

47. sirkasi suv ko‘tarmaydi: tanqidga mutlaqo chidamaydi

48. so‘z bermaydi: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmadi, o‘z bilganicha ish tutdi 3)bahslashuvda yutib chiqishiga qodir bo‘ldi

49. tap tortmaydi: qo‘rqmay botindi, hayiqmaydi

50. terisiga sig‘may ketdi: behad sevindi

51. tishi o‘tmaydi: 1)biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynashga tishining qurbi etmaydi 2)enga olmaydi, o‘zlashtira olmaydi 3) idrok qilib yeta olmaydi, uqib yeta olmaydi

52. to‘zim bilmaydi: seni mangu chiqaverasan, To‘zim bilmas sendagi bardosh.

53. tob berolmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

54. tob keltira olmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

55. tushida ham ko‘rmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

56. tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

57. tutantiriq ham bo‘lmaydi: Juda oz, kifoya qilmaydi, urvoq ham bo‘lmaydi

58. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.

59. uzoqqa bormaydi: Ko‘p davom etmaydi, tez fursatda barham topadi, tamom bo‘ladi

60. xursandchiligi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

61. yeru ko‘kka ishonmaydi: o‘ta darajada ardoqlaydi, parvona bo‘ladi

62. yetti uxlab, tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

63. yuragi ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi

64. yuragiga qil sig‘maydi: juda qattiq tajang bo‘lib, ruhan ezilib, hech narsa bilan mashg‘ul bo‘lolmaydi

65. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi

1. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

3. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

4. Yanvar – fevral – mart – aprel – may- iyun – iyul – avgust – Sentyabr – oktyabr – noyabr – dekabr
Ma’nosiga ko‘ra
(ketma-ket joylashuviga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.