Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maxsus} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: max-sus-lash-moq
Izoh(lar)i:
maxsus ys

1. 1. Biror ish yoki narsaga xos bo‘lgan, biror ish yoki maqsad uchun belgilangan. Maxsus ko‘rsatma. Maxsus topshiriq. Maxsus komissiya, Bo‘zagar Otabekni oddiy bo‘zaxo‘rlar yoniga o‘tqazmay, o‘zining maxsus hujrasiga olib kirar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Ataylab, alohida maqsad bilan. Munis xon, albatta, bu gaplarni maxsus Saidiyni xursand qilish uchun yetkazmaydi. A. Qahhor, Sarob

3. 3. Biror ixtisosga mansub bo‘lgan, ixtisoslash(tiril)gan. Maxsus ta’lim. Maxsus o‘quv yurtlari. Hozir maktabdagi o‘qituvchilar oliy va maxsus ma’lumotga egalar. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ataylab
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.