1. 1. Inson va butun jonivorlarning, tirik mavjudotning umumiy nomi.
[Abdujamil boy:] O‘ldirgan bo‘lsangiz, sadqayi sar um degan maxluq topiladi.
A. Qodiriy, Obid ketmon
Juftlik yolg‘iz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. 2. Insondan boshqa jonli narsaga nisbatan qo‘llanadi.
Beor Isroilov badbashara bir maxluq; qiyofasida ko‘z oldiga keldi.
A. Muxtor, Chinor
Ilondek maxluqning tabiati, foydasini tushungan odam uni sovuq deyishga tili bormaydi.
Fan va turmush
3. ko‘chma hma O‘xshovsiz, xunuk, jirkanch jonivorga nisbatli haqoratni bildiradi.
Hojimat oldinga yurishga majbur bo‘ldi. Bu maxluqdan har narsani kutish mumkin edi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
— Qandoq maxluqsan o‘zing? — dedi Said Jalolxon.
A. Qahhor, Asarlar
Fuod afandi tanfurushlar gumashtasi bo‘lib, qora umrini qora ishlar bilan o‘tkazgan qabih bir maxluq edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Bas, uyatsiz maxluq,! kim uni zaharlaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar