Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mavsum}
So‘z bo‘g‘inlari: mav-sum
Izoh(lar)i:
mavsum ot

1. 1. Yilning ma’lum fasli yoki vaqtida bo‘ladigan yoki amalga oshiriladigan ish davri. Paxta mavsumi. Yig‘im-terim mavsumi. Qurt tutish mavsumi. Bog‘ mavsumi tamom bo‘lib, Shakarxonlar ham shahar hovlilariga ko‘chib keldilar. Oydin, Uzidan ko‘rsin
Katta futbol mavsumiga respublikamiz jamoalari ham hozirlik ko‘rishdi. Gazetadan
Avgust oyi — o‘zbek diyorining yanada so‘lim bir mavsumi. N. Safarov, Olovli izlar

2. s. t. t. Fasl, yil fasli. Kuz mavsumi. Yoz mavsumi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.