Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mavqe}
So‘z bo‘g‘inlari: mav-qe
Izoh(lar)i:
mavqe ot

1. Shaxs, narsa, voqea-hodisa va shu kabilarning tutgan muayyan o‘rni, darajasi, holati; martaba. Hozirgi zamon ilmida muhim mavqeni egallagan, g‘oyat jadal suratlar bilan taraqqiy etayotgan fanlardan biri kibernetikadir. Fan va turmush
Tabiat zap qiziq narsada. Unda hamma narsa mavjud, hamma narsaning o‘z o‘rni, o‘z mavqeyi bor. N. Fozilov, Diydor
Mana shu oyog‘imda tik turibman, el aro o‘z o‘rnim, o‘z mavqeyim bor. J. Abdullaxonov, Xonadon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.