1. 1. Suv yuzida shabadadan hosil bo‘ladigan jimir-jimir harakat; jimirlash.
Ravi daryosi uzoqda, ko‘m-ko‘k mavj bilan sekin oqadi.
Oybek, Nur qidirib
2. geogr. gr. Okean yoki dengiz yuzasining to‘liq shamolsizlik holatidagi erkin tebranma harakati.
3. 3. Tovlanish, jilva.
Archalarning toza, yashil mavji nur bilan yarqirab ketdi.
Oybek, Quyosh qoraymas
4. maxs. xs. O‘ymakorlikda: naqsh yuzasiga baliq tangachalari ko‘rinishida tushirilgan to‘lqinsimon bezak.
5. ko‘chma kam qo‘ll. ayn. yn. To‘lqin.
Havoda odamlar, qushlar va mashinalar sadosidan birikkan qandaydir yoqimli bir mavj suzar edi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.