Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mato}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-to
Izoh(lar)i:
mato ot

1. 1. Gazlama, material, materiya. Paxta ipdan to‘qilgan mato. Bunday bo‘yoq bilan bo‘yalgan mato o‘ngib ketmaydi. Fan va turmush

2. 2. Mol, buyum, narsa. — Yo qudratingdan, ishonmaydi-ya! — dedi Turobjon [xotiniga] keltirgan matoni titkilab, — mana, chaynab ko‘r! A. Qahhor, Anor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: moto – [lot] Mototsikl.

Filologiya fanlari doktori, professor Hamid Ne’matov 1941 yilning 22 noyabrida Buxoro shahrida tavallud topgan. O‘zbek tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi yuzasidan qator asarlar muallifi.

H.Ne’matov tilshunoslikning deyarli barcha sohalari bo‘yicha barakali ijod qilib kelmoqda. Uning «Istoriya lingvisticheskix ucheniy» (1981), «Funksionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov XI – XII v.» (1989), “O‘zbek tili tarixiy fonetikasi” (1992), «Til va nutq» (hamkorlikda, 1993), «O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari» (hammuallif, 1995), «Ona tili ta’limi mazmuni» (hammuallif, 1995), «O‘zbek tili struktural sintaksisi asoslari» (hammuallif, 1999) kabi asarlari, shuningdek, tilshunoslik tarixi hamda hozirgi o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalariga, ona tili ta’limi mazmuniga bag‘ishlangan 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy – metodik maqolalari fanimiz rivojiga barakali xizmat qilmoqda.

H.Ne’matov o‘zbek tilini sistemaviy tadqiq qilish asoschilaridan hisoblanadi.

H.Ne’matov o‘rta umumiy ta’limda ona tili predmetini takomillashtirish bo‘yicha ham barakali xizmat qildi. U o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ishlashga mo‘ljallangan «amaliyotdan nazariyaga» tamoyiliga asoslangan yangi tipdagi ona tili darsliklarining nazariy asoschisi.

H.Ne’matov o‘zbek tilini uning milliy tabiatidan kelib chiqqan holda tadqiq etib, boshqa tillar qolipi asosida o‘rganish jarayonida yuzaga kelgan chalkashliklarga aniqlik kiritdi va o‘zbek tilshunosligining keyingi takomillashuviga katta hissa qo‘shdi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.