Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {material}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-te-ri-al
Izoh(lar)i:
material ot

1. 1. Biror maqsad uchun kerakli xomashyo, modda. Qurilish materiallari. Bodomning yog‘ochi duradgorlik va uskunasozlik uchun yaxshi material hisoblanadi. Zargar materialning konstruktiv va egiluvchanlik imkoniyatini yaxshi bilishi kerak. Gazetadan.

2. 2. Asos yoki dalil vazifasini o‘taydigan ma’lumot, manba va shu kabilar Ilmiy ish uchun material to‘plamoq. O‘zbekistonlik jangchi yigitlarning partizanlar harakatiga qo‘shilib, shafqatsiz jang olib borganliklarini arxiv materiallari asosida o‘rganib, jonlantirdim. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

3. 3. Umuman, biror narsa haqida mavjud bo‘lgan, tayyorlangan, e’lon qilingan narsa. Jurnal sahifalaridan o‘rin olgan materiallarning hammasi ham bir saviyada emas. F. Musajonov, Himmat
Ba’zan idorada gazeta uchun material tayyorlash qiyin bo‘lganidan, Mustahkam akaning choyxonasida kechalari material ishlab, ertalab ishga kelardim. N. Safarov, Olovli izlar

4. 4. Gazlama, mato. Kostyumbop material. Shimlik material.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.