Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {matal}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-tal
Izoh(lar)i:
matal ot

1. a. a. Tugal ma’no ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli so‘z (masalan, qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga tekkanda).

2. 2. Qissa, masal. Qulmurodning mataldek bo‘lib eshitilayotgan dard-alamli hikoyasi ostida Shokir qachonlar uyqu daryosida g‘arq bo‘lgan edi. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: ma’tal / mahtal – [a] Kutib qolgan, muntazir, intizor.

Matalbarqaror birikma turi, to‘g‘ri ma’no ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega bo‘lmagan hikmatli birikma. Mas., qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga yetganda, dumi xurjunda, ali desa vali deydi, berdisini aytguncha kabi. Matalga boshqa bir gap qo‘shilishi bilan fikr to‘liq ifodalanadi. Mas., Berdisini aytguncha jim tur. Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini to‘laydi kabi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.