1. Kamsituvchi, kulgi qiluvchi gap-so‘z, xatti-harakat; mazax, ermak, kulgi.
Bu so‘zlar qo‘rboshiga masxara bo‘lib tuyuldi. U og‘zidan ko‘piklar sochdi.
A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi.
Fotima masxara va mazaxlarga chiday olmadi, titrab ketdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. s. t. Qiziq gap-so‘z va harakatlar bilan odamlarni kuldiruvchi; qiziqchi, masxaraboz.
To‘la masxara an’analarini o‘g‘li Mulla gadoy, shogirdi Safar masxara Abdullayev davom ettirdi.
O‘zME
Buxoro an’anaviy teatrida Zarif, To‘la, Mizrob, Ergash ismli masxaralar shuhrat qozongan.
O‘zME