Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maslahat}
So‘z bo‘g‘inlari: mas-la-hat
Izoh(lar)i:
maslahat ot

1. 1. Biror ishni qanday qilish yoki umuman nima qilish kerakligi haqida yo‘l-yo‘riq tarzidagi fikr, mulohaza. Yaxshi maslahat. Maslahat bermoq (qilmoq). Maslahat so‘ramoq (qilmoq). Mening fikrimcha, chigit ekishda hosilot otaning maslahatiga ko‘nish kerak edi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Bu maslahat Sidiqjonga ham ma’qul tushdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Umid akademik Otaboyev hovlisiga ham bir necha bor borib, o‘z ishiga doir maslahatlar oldi. Mirmuhsin, Umid

2. 2. Tavsiya, taklif tarzidagi gap. Gapga quloq soling, sizga maslahatim — bo‘lar-bo‘lmasga kuyib-pishavermang. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Sizga mening maslahatim — Andijonda ko‘p turmang. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. 3. Kengash, fikr olishish. Maslahat bilan bo‘lgan ish buzilmas. Maqol
Yakshanba kuni qarindosh-urug‘lar maslahatga to‘planishdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Mohidil maslahat yig‘inida ba’zilarning Hoshimjondan norozi bo‘lganini ko‘z oldiga keltirdi. J. Abdullaxonov, To‘fon
Bundoq maslahat majlislarini ham uyushtirish o‘z vazifasi deb o‘ylardi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kengash , mashvarat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Maslahat – kengash – mashvarat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish davrining tarixiyligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.