Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mashq} - q ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - at - li
So‘z bo‘g‘inlari: mashq-qat-li
Izoh(lar)i:
mashq ot

1. 1. Biror faoliyatni puxta o‘rganish, malaka hosil qilish uchun bajariladigan ish, tayyorgarlik mashg‘uloti. Harbiy mashq. Mashq qilmoq. — Ish yomon, — dedi kelgan militsioner, — Sidiqjon ko‘kragini sandalga berib, xat mashq qilar, Kanizak uning ro‘parasida kitob o‘qib o‘tirar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
ko‘pi mashq ko‘rmagan, hali miltiq otishni bilmaydigan militsionerlar, qo‘lidan nima kelar edi. S. Ayniy, Qullar
Uzoq mashqlar bekor ketmagan edi. Xonning qo‘shini go‘yo bir tan, bir jon bo‘lib harakat qilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Ma’lum maqsadda bajariladigan, qilinadigan muayyan ish, harakat. Imloga oid mashqlar. Jismoniy mashqlar. Bolalar bir-birlarining qo‘llarini ushlashib, gimnastika mashqlarini yengil va chiroyli bajaradilar. Gazetadan

3. 1. Cholg‘u kuyi va uning ijrosi. Sozandalar uzoq mashqdan keyin tanaffus qildilar va cholg‘ularini qo‘yib, choy icha boshladilar. P. Tursun, O‘qituvchi.
Yo‘ldosh otaga chalib bergan mashqingiz hali ham qulog‘imdan ketmaydi. S. Ahmad, Xazina.

4. ko‘chma hma Kishining kayfiyati, shaxti. Dadavoyga qizining mashqi past, ruhan ezilganroq tuyuldi. H. G‘ulom, Toshkentliklar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.