Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mashg‘ulot}
So‘z bo‘g‘inlari: mash-g‘u-lot
Izoh(lar)i:
mashg‘ulot ot

1. 1. Ish-yumush, kasb. Men bu yerda otam va onamning mashg‘ulotlari to‘g‘risida bir oz gapirib o‘tishni lozim bilaman. S. Ayniy, Esdaliklar

2. 2. Muayyan maqsaddagi, masalan, o‘qitish-o‘rgatishga qaratilgan ish; dars. Navbatdagi mashg‘ulot. Amaliy mashg‘ulot. Mashg‘ulot o‘tkazmoq.yash Ertasi kun Ramazon qori kelib, o‘z sinfida mashg‘ulot boshladi. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘t o‘chiruvchilarning smenasi navbatdagi mashg‘ulotni hozirgina tugatdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Ta’sirli, da’vatkorlik ruhidagi mashg‘ulotlar yaxshi samaralar berganligi ko‘zga tashlanib turibdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.