1. 1. Umuman, biror taom, yegulik tayyorlash uchun ishlatiladigan narsa.
Qani, Oltinoy bilan Latofatxonga masalliq bering, qiyma tayyorlashsin.
Yo. Shukurov, Uch savol
Biroq xamir taomlarning asosiy masallig‘i bug‘doy uni hisoblanadi.
K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari.
2. 2. Ovqat pishirish uchun zarur bo‘lgan, kerakli miqdordagi mahsulot.
Bir oshlik masalliq. Yangamning oshini shirin qilgan akamning masallig‘i.
Maqol
— Masalliq yaxshi: o‘sha go‘sht, o‘sha guruch — dedi Elchibek, — lekin ovqatni og‘izga olib bo‘lmaydi.
A. Muxtor, Tug‘ilish