1. krsh. s. Fikrning tasdig‘i uchun keltiriladigan fakt, misol oldidan qo‘llanadi; misol uchun, chunonchi, jumladan.
[Rahmat:] O‘tirishga begona kishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? Chaqirilganda ham o‘zimizga yaqin va ahil kishilar bo‘lur. Masalan, Mirzakarim qutidor kabi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ba’zi jihatdan, masalan, ildamlikda bu yigitni o‘zidan ustun ko‘rdi.
Oybek, Tanlangan asarlar.